Asosiy menu

G‘allazorda ish qizg‘in

Namangan viloyati Pop tumanida 10 ming 470 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Ayni kunlarda hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib olish, ekindan bo‘shagan maydonlarni shudgorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Tumandagi 415 fermer xo‘jaligi joriy mavsumda davlat xirmoniga 28 ming 758 tonna hosil topshirishni rejalashtirgan. Don o‘rimiga jalb etilgan 31 kombayn 3 smenada ishlamoqda.


Manba: UzA