Asosiy menu

1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni

«Oʼzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasida ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sohada koʼp yillar davomida mehnat qilib oʼzining fidoyi hizmatlari bilan namuna boʼlib kelayotgan faxriy ustozlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Аliyarov Pirimqul Sharipovich, Bekbaev Sunnat Bekbaevich, Maksimov Vyacheslav Vasilyevich – bu insonlar don mahsulotlari ishlab chiqarish va xalqimiz dasturxoniga yetkazish yoʼlida oʼzining bir necha yillik mashaqqatli mehnati bilan ulkan hissa qoʼshib kelgan faxriylardandir.
Kompaniya faxriylarining koʼp yillik fidokorona mehnati inobatga olinib Respublika Nuroniy jamgʼarmasi tomonidan «Mehnat faxriysi» birinchi darajali unvoni hamda «Oʼzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʼalari taqdim etildi.