Asosiy menu

Ma’ruza targ‘ibotiga bag‘ishlandi

Samarqandda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari va boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari, mahalliy Kengashlar deputatlari, jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini takomillashtirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surmoqda.

– Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida bizning bosh maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurish ekanligini yana bir bor ta’kidladi, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi bo‘lim mudiri Muhiba Bobobekova. – Binobarin, ma’ruzada bayon etilgan fikrlarni puxta o‘rgangan holda zarur chora-tadbirlarni belgilash, vazifalarni amalga oshirishda partiyamiz vakillari, deputatlar faol ishtirok etishi lozim.


UzA