Asosiy menu

Ko‘p tarmoqlilik – izlanish samarasi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Xoliyor bobo” fermer xo‘jaligi 72 gektar maydonda dehqonchilik qiladi.

Hamdam Xoliyorov rahbarlik qilayotgan xo‘jalikda yaqinda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Sexda 28 turdagi mahsulotlar tayyorlanmoqda.

“Xoliyor bobo” fermer xo‘jaligi a’zolari shu kunlarda qandolatchilik va maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida ham yangi loyihalarni rejalashtirmoqda.

UzA