Asosiy menu

Aksiyadorlar tajriba almashdi

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 24-apreldagi farmoniga muvofiq mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Bu ular faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir ishtirokchilari Janubiy koreyalik investorlar tomonidan boshqarilayotgan poytaxtimizdagi “Lotte City Hotel Tashkent Palase” korxonasida tatbiq qilingan korporativ boshqaruv tizimi bilan yaqindan tanishdi.

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasi yurtdoshlarimiz va xorijlik sayyohlarga yaxshi tanish. Bu mehmonxona Janubiy Koreyaning “Lotte” kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq modernizatsiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Korporativ boshqaruv tizimining tatbiq qilinishi korxona faoliyatini yanada rivojlantirdi.

– Mehmonxonamizda ishni tashkil qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunyo tajribasidagi samarali tizim, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar joriy etilgan, – deydi mazkur korxona bosh menejeri Li Jong Rok. – 232 kishiga mo‘ljallangan qulay va shinam xonalar mehmonlarga muntazir. Uchta restoran, bar, biznes uchrashuvlar va xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan anjumanlar zali faoliyat yuritmoqda.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga menejerlar javob qaytardi.

UzA