Asosiy menu

Keksalarni e'zozlash oliy qadriyat

Mamlakatimizda tinchlik yo'lida jonini xatarga qo'yib, urushning suronli yo'llarini bosib o'tgan urush qatnashchilari, front orti mehnat faxriylariga e'zoz va ehtirom ko'rsatilib har yilning 9 may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizda azal-azaldan qariyalarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lish, ularni hamisha e'zozlash qadriyat sanaladi. Yoshi ulug' otaxon-u onaxonlarimizning bergan pand-nasihatlari, qilgan duolari bizni hamisha yaxshilikka undaydi.
“O'zdonmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi ham 1941-1945 yillardagi urush va mehnat faxriylarini, shuningdek, kompaniya va uning tarkibidagi korxonalarda uzoq yillar mehnat qilgan, nafaqadagi keksalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy va tibbiy xizmatlar ko'rsatish, sanatoriya va kurortlarga yo'llanmalar berish masalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 apreldagi “9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'g'risida” yig'ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida “O'zdonmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan urush qatnashchilari va nogironlari hamda mehnat faxriylariga 50 mln. so'm miqdorda homiylik va moddiy yordam ko'rsatilmoqda.
Shuningdek, 4-10 may kunlari Poytaxtimizdagi “Besh-yog'och” va “Askiya” dehqon bozorlarida ichki iste'mol bozorlarida oziq-ovqat xavfsizligini hamda narxlarning barqaror saqlanishini ta'minlash va aholiga keng turdagi arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish maqsadida “Oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining yarmarka savdolari” o'tkazilmoqda.


Matbuot xizmati