Asosiy menu

Sog'lom bola yurt kelajagi

Mamlakatimizda ulg'ayib kamol topayotgan yosh avlod ertamiz egasi, yurtimizning porloq kelajagi davomchilari sanaladi. Aynan shuning uchun ularni ham jismonan, ham ma'nan etuk, sog'lom qilib voyaga etkazish masalasiga hukumat darajasida alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yurtimizda 2016 yil “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon qilinib, joriy yil 9 fevralda Davlat dasturi tasdiqlanganligi yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan yuksak e'tibordan dalolatdir. Dasturda “Ona va bola sog'lom bo'lsa, oila baxtli, oila baxtli bo'lsa, jamiyat mustahkam bo'ladi” degan oliy qadriyat va g'oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.
“O'zdonmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilab berilgan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida qator sa'y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1 may holatiga aholi salomatligini mustahkamlash, kamqonlikning oldini olish, kunlik ozuqa manbai bo'lgan non va non mahsulotlarining foydalilik darajasini oshirish maqsadida 425 ming tonna mineral vitamin qo'shimchalari bilan boyitilgan 1-navli un ishlab chiqarildi. Bu yurtimizda onalar va bolalar salomatligini saqlash masalasiga qaratilayotgan e'tibor namunasidir. Bugungi kunda kompaniya tomonidan mazkur yo'nalishdagi yangi loyihalar ustida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.


Matbuot markazi