Asosiy menu

"Galla-alteg" aksiyadorlik jamiyatida yangi tegirmon ishga tushirildi

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardayoq o‘zining oldiga g‘alla mustaqilligiga erishishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Mana shu maqsadni amalga oshirsh uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligida tub islohotlar olib borilib g‘alla mustaqilligiga erishildi.
Keyingi yillarda aholining boyitilgan yuqori navli unga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta'minlash maqsadida joylardagi tegirmonlarni zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlash masalalariga alohida e'tibor qaratib muayyan natijalar qo‘lga kiritildi. 
Kompaniya tarkibidagi ana shunday korxonalar bosqichma-bosqich maqsadli va unumli ish jarayonlariga ega bo‘lmoqda. «G‘alla-g‘alteg» aksiyadorlik jamiyatiga bu yil Germaniyadan keltirilgan yuqori texnologiyalarga asoslangan uskuna va moslamalar o‘rnatildi. Jamiyatning mazkur sohada katta malakaga ega mutaxassislari jalb etilib yangi tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi har tomonlama tahlildan o‘tkazildi. Mutaxassislarning fikricha yangi texnologiyaning ko‘plab afzallik jihatlari bor. Eng asosiysi tejamkorligi, kam energiya sarflab mahsulot sifati va hajmini oshirish imkoniyati kataligidir. Tegirmon yiliga 400-500 mln. so‘m energiya sarfini iqtisod qiladi. 
Bu yerdagi barcha texnologik va ishlab chiqarish jarayolari kompyuterlashtirilgan tizim orqali boshqariladi. Bu avvalo mehnatda qulaylik tug‘dirsa, ikkinchidan xavfsizlik, toza ish sharoitiga xizmat qilmoqda. Butun boshli mexanizm bir joydan pult orqali kuzatib boshqariladi. Tegirmon kuniga 400 tonna bug‘doyni qayta ishlab 300 tonna johon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Mamalaktimizda g‘alla mustaqilligi yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning uzviy davomi bo‘lgan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichda rivojlantirish soha oldida turgan asosiy vazifalardir.
Bularning bari to‘kinchilik farovonlik uchun xizmat qilmoqda.