Asosiy menu

Hashar faollik bilan o‘tdi

      Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan obodonlashtirish va tozalik oyligi doirasida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati va uning barcha korxonalarida xalqimizga xos saranjom-sarishtalik, mehr-muruvvat belgisi hisoblangan mazkur tadbir erta tongdan barcha hududlarda boshlanib, unda korxonalar ishchi-xizmatchilari faol qatnashdi.
       Barcha shanbalik qatnashchilari o‘z hududlaridagi ariq va ko‘chalar, manzarali joylarini, korxonalar hudlarini tozalash, obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazishdi.
       Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida tashkil etilgan ushbu an'anaviy umumxalq tadbiri barcha hududlarning toza va sarishtaligini ta'minlash, xalqimizning keksalar va nogironlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdek azaliy qadriyatini yana bir bor ulug‘lashda o‘z aksini topdi.
       Bayramlar, to‘y-marosimlar oldidan atrof-hududni obodonlashtirish, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ezgu qadriyat, milliy an'ana hisoblanadi.
       Muxtasar aytganda, hashar yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lish, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.