Asosiy menu

“Baxora” bolalar oromgohi

Samarqand viloyati Urgut tumani Omonqo‘ton qishlog‘ida joylashgan «Baxora» bolalar oromgohida 2016 yil sog‘lomlashtirish mavsumida viloyatdagi bolalarning 2016 yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini namunali tashkil etish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha 2016 yil mavsum oldidan oromgohni talab darajasida ta'mirlash va yozgi mavsumni namunali tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Oromgohda joriy yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida 404 nafar bolalar dam oldirildi.
Oromgoh malakali kadrlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilib. Ya'ni, pedagog-tarbiyachi, tibbiyot xodimlari, jismoniy tarbiya va sport ishlari va suzish bo‘yicha yo‘riqchilar tanlov va suhbat asosida ishga qabul qilinib, ular maxsus o‘quv-seminarlarda ishtirok etishib, malakalarini oshirdilar.
Yoz mavsumida oromgohda 6 nafar tarbiyachi, 6 nafar yetakchi, 1 nafar suzish va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, 1 nafar shifokor, 1 nafar hamshira, 1 nafar DSENM xodimi, 1 nafar ichki ishlar xodimlari, 1 nafar yong‘in xavfsizligi xodimi, 1 nafar musiqa rahbari, 5 nafar oshpazlar va oshxona xodimlari faoliyat yuritishdi.
Joriy yilda har yilga nisbatan bolalarni maroqliroq dam oldirishga alohida e'tibor qaratildi.
Bolalarni ovqatlanish ratsionlari viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazining mutaxassislari bilan xamkorlikda nonushta, tushlik, choshgohlik, kechki ovqatda beriladigan oziq-ovqat maxsulotlarining sanitariya me'yorlariga muvofiq vitamin, polivitamin, oqsil va boshqa kilokalloriyali mahsulotlarning norma asosida berilishi tashkil etilgan.
Tushdan keyingi bolalarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular uchun turli xildagi sharbat, sok va boshqa vitaminlarga boy suyuqliklar berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Oromgoh sog‘lomlashtirish mavsumi davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 72 turdagi dori-darmonlar yetkazilib turildi.
Bundan tashqari, tuman DSENM tomonidan oromgohga 10 dona targ‘ibot byulletenlari, 4 nomdagi 15 dona plakatlar va har davra uchun oromgohdagi suzish havzasi suvini dezinfeksiya qilish uchun doimiy ravishda maxsus patronlar bilan ta'minlandi va har davra boshlanishidan oldin oromgohdagi barcha maishiy ob'yektlarga dizenfeksiya vositalari bilan ishlov berildi.
Oromgohda 2016 yil bolalarning yozgi dam olishini namunali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida viloyat va tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo‘limi, Kamolot «YOIH» viloyat kengashi vakillari tomonidan ham qator ma'naviy-ma'rifiy, sport tadbirlari, uchrashuvlar, turli mavzulardagi ijodiy kechalar uyushtirildi.
Oromgohda bolalarni jismonan sog‘lomlashtirish maqsadida, sport murabbiyi tomonidan sportning 12 turi, futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, suzish, kurash, sambo, alpinizm, turizm, yengil atletika turlari va stol tennisi musobaqalari bolalar o‘rtasida muntazam o‘tkazildi.
Shuningdek, «Quvnoq startlar», «Giyohvandlikka qarshi kurashamiz», «Alpomish avlodlarimiz» deb nomlangan spartakiadalar, «Pahlavonlar» «Sog‘lom bola - yurt kelajagi» shiori ostida turli sport musoboqalari, «Bu mening Vatanim!» mavzuidagi rasmlar tanlovi muntazam uyushtirib kelindi.
Musoboqalarda g‘olib chiqqan dam oluvchi bolalarga oromgoh ma'muriyati, viloyat «Kamolot» YOIH viloyat va tuman kengashlari tomonidan estalik sovg‘alari, diplom, faxriy yorliqlar topshirildi.
Bundan tashqari,»Kasaba uyushma bolalarga aksiyasi», «Kim edigu, kim bo‘ldik, ertaga qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?» degan g‘oyani ilgari surgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etuvchi madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tazildi.
«Mustaqillik mening taqdirimda» mavzusida adabiyot va san'at namoyondalari, xalq o‘qituvchilari, taniqli sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek, mavsum davomida oromgohda «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O‘zbekiston!», «O‘zbekiston muqaddas vatan», «O‘zbekiston mustaqilligi mening taqdirim», «Sening qutlug‘ ramzlaring», «Ertaklar olamiga sayoxat», «Sheriyat olami», «Kulgu kechasi» deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, taniqli yozuvchi, shoirlar bilan davra suxbatlari o‘tkazilib kelindi.
Bolalarni qiziqishlarini inobatga olgan holda «Alpinizm», «Tasviriy san'at», «Bichish tikish», «Milliy raqs», «Kompyuter savodxonligi», «Chet tili», «Bilimdon» va turli sport to‘garaklari tashkil etildi.
Oromgohda yoz mavsumi davomida O‘zbekiston mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi videofilmlar va qiziqarli multfilmlar namoyish etildi.