Asosiy menu

Qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanida “Asel-Lazzat” xususiy korxonasi tomonidan qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bu yerga bankdan olingan 90 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi.

– To‘rt xil non va sakkiz turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlab, buyurtmachilarga yetkazib bermoqdamiz, – deydi korxona rahbari Sobir Biysenov. – Yangi loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida o‘nga yaqin kollej bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2016-2018-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida 546,5 milliard so‘mlik va 600 ming dollarlik investitsiyalar hisobiga 5 ming 252 loyihani amalga oshirish va shuning evaziga 27 ming 223 yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

UzA