Asosiy menu

O‘rim qizg‘in davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida g‘alla hosilini qisqa muddatlarda nest-nobud qilmay o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

6 ming 100 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish uchun 18 kombayn, 40 yuk mashinasi, 10 yoqilg‘i yetkazib beruvchi ko‘chma agregat va 11 ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi jalb etilgan. Yig‘ishtirib olingan hosil qabul qilish shoxobchalariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

UzA