Asosiy menu

“Adolat nuri yo‘limizni mudom yoritgay”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual
qabulxonasida muammolari tezda hal qilinayotgan
yurtdoshlarimiz ana shu mazmundagi minnatdorlik
xatlarini yo‘llamoqda

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini oldimizga qat'iy maqsad qilib qo‘yar ekan, shunday deydi: «Biz davlatimiz kelajagini o‘z qobigimizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang- barangligini o‘z hayotimizga yanada kengroq jorii kilishda ko‘ramiz».
Bugun O‘zbekiston hukumati portalida faol ishlayotgan Bosh vazirning virtual qabulxonasi timsolida (pm.gov.uz) ana shu yo‘nalishdagi ishlarning izchil davom etayotganini ko‘ramiz.
Bosh vazirning virtual kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning tezda hal qilinayotgani esa xalqimizning ertangi kunga ishonchini oshirmoqda, buyuk yo‘lboshchimiz boshlab bergan ezgu ishlar bardavom ekanligini namoyon etmoqda.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ham o‘z sohasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish, hal etish maqsadida birqator chora- tadbirlar amalga oshirilmokda. Xususan, shu maqradda kompaniyaning maxsus ishchi guruhi tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, ishchi guruhga malakali va tajribali xodimlar biriktirilgan bo‘lib, bularning barchasi har bir murojaatni tezda ko‘rib chiqish, muammolarni tezda bartaraf etish imkonini bermoqda.
Olib borilayotgan ishlar samarasi esa o‘zini namoyon eta boshladi. Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelib tushgan minnatdrrlik xatlarida ham buni ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtgacha kompaniya tizimidagi ishlar bo‘yima kelib tushgan murojaatlarning barchasi o‘z vaqgida hal etib borilmokda.
Jumladan, Yangiyo‘llik Alisher Tursunov shu yil boshida tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi o‘tkazgan tanlovda g‘olib bo‘lib, 38 gektar yerda «Baxt Kamol erki» fermer xo‘jaligini tashkil etgandi. Fermerning aytishicha, u bu yil g‘alla shartnomasini 110 foizga bajargan. Uning niyati g‘allaning puliga kichikroq bir traktor sotib olmoqchi edi. Biroq «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi «G‘alla- Alteg» aksiyadorlik jamiyati fermer xo‘jaligining pulini bermay, tadbirkorni uch oy sarson qildi.
U Bosh vazirning virual kabulxonasiga murojaat qilgandan so‘ng uning ishi uch kunda xal qilib berildi. Ya'ni «Baxt Kamol erki» fermer xo‘jaligiga 2016 yil 29 sentyabrdagi to‘lov topshiriqnomasiga asosan 48 million so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib berildi.
Alisher Tursunov minnatdorlik xatida bu ezgu ish uchun rahmat aytish barobarida, ertangi kunga ishonchi oshganligi, yangi marralarni egallash borasida shijoati yuksalganini qayd etadi,
Xa, adolat har doim kishilarning ko‘nglini yoritgan, ularni yorug‘ manzillarga eltgan. Bugun uzoq cho‘zilgan muammolari tezda hal bo‘layotgan yurtdoshlarimiz xatlarida ham shunday fikrlarni ko‘rish mumkin: «Adolat nuri yo‘limizni mudom yoritgay, ko‘zlagan manzilimiz yanada charog‘on bo‘lmoqda».
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi «Po‘latov Mahmud» fermer xo‘jaligi rahbari Bosh vazirning virtual kabulxonasiga «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatidan 2016 yil g‘alla hosilining shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ini ololmayetganini yozadi.
Murojaatni "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi ishchi guruhi ko‘rib chiqib, masalani tezda hal etishdi. «Po‘latov Maxmud» fermer xo‘jaligiga «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 31 million so‘mdan ziyod mablag‘ to‘lab berildi.
- Bugungi kunda don qabul kilish korxonasi bilan o‘rtamizda umuman qarzdorlik qolmadi, - deb yozadi Chinoz tumanidagi «Po‘latov Mahmud» fermer xo‘jaligi rahbari A.Po‘latov o‘zining minnatdorlik xatida.
- Bu ishimizning yanada ravon ketishiga xizmat qiladi. Hozirda kelgusi yil hosili uchun g‘alla parvarishlayapmiz. Mablag‘imizning bo‘lishi ushbu parvarishni o‘z vaqtida o‘tkazish, ishchilarimizni moddiy rag‘batlantirish imkonini beradi. Bizga e'tibor qaratayotgani uchun Bosh vazirimizdan minnatdormiz.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi «Xo‘jam ota» fermer xo‘jaligidan kelib tushgan murojaatda esa «Dunyo-M» korxonasi bilan shartnoma shartlaridagi kelishmovchiliklar haqida so‘z boradi.
Fermeriing muammosi o‘rganib chiqilgach, «Dunyo-M» korxonasi tomonidan uning 60 million so‘m qarzdorligi to‘lab berildi, muammo tezda - ikki kun ichida hal bo‘ldi.
Fermer A.Ravshanov Bosh vazirga «Hozirgi kunda murojaatim to‘liq qanoatlantirildi. Bizning haqdorligimiz «Dunyo- M» korxonasi tomonidan to‘lab berildi. Murojaatimni e'tiborsiz qoldirmasdan yordam berganingiz uchun raxmat raxmat deb miniatdorlik xati yo‘llagan.
Ha, turli masalalarda yordam so‘rab kilinayotgan murojaatlar o‘z vaqtida hal bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriiing virtual qabulxonasiga kelayotgan minnatdorlik xatlarini o‘qirkanmiz, ularning barchasida ertangi kunga mustahham ishonch mujassam ekaniga amin bo‘lamiz. Shunda adolat nuri har doim yo‘limizni yoritib turishiga ishonamiz. Buning uchun har birimiz masul bo‘lishimiz zarurligini anglaymiz.

Zafar Yarashov 
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi 
yuridik xizmati boshlig‘i