Asosiy menu

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori aholi murojaatlariga e'tibor qaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash doirasida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi veb-saytida boshqaruv raisining virtual qabulxonasi tashkil etildi. Endi fuqarolar kompaniya faoliyatiga doir ariza, taklif va shikoyatlar bilan qulay usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Kompaniya boshqaruvi qaroriga asosan - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tashkil qilindi. Ayni vaqtda kompaniya markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Murojaatlar bilan ishlash masalasi kompaniya boshqaruvi majlislarida muhokama qilinib, kompaniya tuzilmalarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda.

Bu kabi chora-tadbirlar kompaniya tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilash, muammolarlarga o‘z vaqtida yechim topish va bu borada sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilmoqda. Mazkur masala “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining rasmiy virtual qabulxonasiga www.uzdon.uz manzili orqali murojaat qilish mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya rahbariga murojaatlar info@uzdon.uz elektron pochta manzili hamda (0-371) 200-00-76 telefon raqami orqali ham qabul qilinmoqda.


“O‘zdonmahsulot”
aksiyadorlik kompaniyasi
axborot xizmati