Asosiy menu

Hosilni qabul qilishni samarali tashkil etish muhim vazifa

26 may kuni “O‘zdonmahsulot” aksiyadorik kompanyasi tarkibidagi “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida
2018 yil g‘alla hosilini qabul qilishni samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kompaniya rahbarlari, boshqarma boshliqlari, tarmoq korxonalari rahbarlari, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshliqlari uchun fotofiksatsiyali onlayn elektron tarozilar dasturidan foydalanish tartibi va tavsiyalari ko‘rgazmali namoyish etildi.
Tadbirda 2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda davlat ehtiyojlari uchun g‘alla yetishtirish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Seminar ishtirokchilariga fermer xo‘jaliklari va korxonalar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan qabul qilinidigan g‘alla hosilini fotofiksatsiyali onlayn elektron tarozilar dasturi orqali qabul qilish tizimi to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.

Joriy yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun qabul qilinadigan donni moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy vazifalar to‘g‘risida ham amaliy tavsiyalar yig‘ilishda so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan aytib o‘tildi.
Tadbir doirasida seminar ishtirokchilariga “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining “Toyloq” don mahsulotlari qabul qilish maskanida tashkil etilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari namoyish etildi. Hamda seminar qatnashchilari uchun Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Axborot xizmati.