Asosiy menu

Qoraqalpog‘istonda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi. Shu munosabat bilan tumandagi «Qirantov» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi «Xojamurat Aqmang‘it» fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

– G‘allani qisqa muddatda yig‘ib olish uchun 9 otryad tashkil qilinib, ularga 15 kombayn biriktirildi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari Islam Bekjanov. – O‘rim-yig‘im ishlariga qatnashayotgan ishchilarga barchasharoitlar yaratib berilgan.

Tuman mirishkorlari 5 ming 800 gektar maydonga g‘alla yetishtirdi. Ob-havoning noqulay kelishiga qaramay, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilgani mo‘l hosil olishga muhim omil bo‘layotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olishda jami 184 ta, shu jumladan 22 ta «Keys» va «Nyu-Xolland» hamda 162 ta «Klaas» rusumli don o‘rish kombaynlari jalb etiladi.

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini tizimli olib borish maqsadida 112 ta otryadlar tashkil etilib, ushbu otryadlarga 322 yuk avtomashinalari, 724transport traktorlari, 1012 traktor tirkamalari, 112 yoqilg‘i tashish vositalari, shuningdek, har bir otryadga dam olish va ko‘chma ta’mirlash ustaxonlari hamda 1161 nafar mas’ul xodimlar, shundan 326 nafar ichki ishlar xodimlari biriktirilgan.

UzA