Asosiy menu

Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 avgustda “O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bayrami arafasida ichki bozorlarda narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida yarmarka tadbirlarini o‘tkazish va respublika hududlarida ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda kam ta’minlangan oilalarni moddiy jihatdan rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi bayoni qabul qilindi.
O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bayrami arafasida va bayram kunlari ichki iste’mol bozoriga muhim turdagi oziq- ovqatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish hisobiga narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25 avgustidan 5 sentyabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida keng assortimentdagi oziq-ovqatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yarmarka savdolarini o‘tkaziladi.
Mustaqillikning 27 yilligi bayrami munosabati bilan joylardagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi komplekslari va ularning tarkibiga kiruvchi idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga homiylik qilishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 avgustdagi bayonida belgilangan topshiriqlarning kompaniya va tizim korxonalari tomonidan ijrosini ta’minlash hamda mustaqilligimizning 27 yilligi bayrami arafasida Toshkent shahri dehqon bozorlarida savdo yarmarkalari tashkil etildi.
25 avgustdan 5 sentyabrga qadar Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida keng assortimentdagi oziq-ovqatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yarmarka savdolari o‘tkazilishida barcha tizim korxonalari faol ishtirok etishadi.
Yarmarka savdolarini tashkil etishda biriktirilgan mas’ul xodimlar savdo yarmarkalarida tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan har xil turdagi non va non bulka, makaron va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini qat’iy nazorat qilib borishadi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga tizim korxonalari tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Respublikamiz hududlaridagi tizim korxonalari bayram arafasida va bayram kunlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlardagi dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining yarmarka savdolarini tashkil etishadi.
Unda savdo rastalarini har xil turdagi non va non bulka, makaron va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, iste’molchilarga qulayliklar yaratish maqsadida savdo rastalarini to‘lov terminallari bilan ta’minlash, savdo rastalari kun tartibini ertalab soat 8-00 dan kech soat 18-00 gacha ishlashini tashkil etishadi.