Asosiy menu

Sanoat xavfsizligi ta’minlanmoqda

Dunyo sayqali deya ta’rif etiladigan Samarqand viloyati yurtimizning ko‘hna va navqiron, tarix va taraqqiyotni o‘zida birlashtira olgan maskanidir. Viloyat respublika iqtisodiyotida, xususan ishlab chiqarish sanoat sohasida yetakchi hududlardan sanaladi.
“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati ham viloyatning yetakchi sanoat korxonalaridan biridir. Jamiyatda xalq xo‘jaligini, aholini don va don mahsulotlari, omixta yem bilan ta’minlash maqsadida ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilgi Investitsiya dasturiga asosan korxonada yangi tegirmon sexi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tegirmon sutkasiga 120 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega. Loyiha Turkiya davlatining yetakchi korxonalaridan bo‘lgan “Erkan Makina” kompaniyasi texnologiyalari yordamida modernizatsiya qilinmoqda. Mazkur texnologiyalarni qo‘llashning afzallik jihati, u elektr energiyasi sarfini 25-30 foizga qisqartiradi, mahsulot sifati oshishiga xizmat qiladi.
Qayd etish joizki, loyihaning ishga tushirilishi korxonada ishchi-xodimlarning ish sharoitlari yanada yaxshilanishi va sanoat xavfsizligi ta’minlanishiga asos bo‘ladi.
Yangi tegirmon sexi joriy yilda ishga tushiriladi.


Axborot xizmati.