Asosiy menu

“Maktab bozori” aksiyasi davom etmoqda

Oldin xabar berganimizdek, ishchi xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi korxonalarda «Maktab bozori» nomli Aksiya tashkil etilgan.
Aksiya doirasida korxonalarning Kasaba uyushmasi tomonidan barcha ishchi-xodimlarning maktab yoshidagi farzandlari uchun o‘quv qurollari bepul tarqatilmoqda.
«Farg‘ona don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan ushbu aksiya, ishchi xizmatchilar va o‘quvchi yoshlarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.


Axborot xizmati.