Asosiy menu

Islohotlar taraqqiyotga xizmat qilmoqda

Mamlakatimizda xalqning turmush darajasini yaxshilash, aholi uchun mehnat samaradorligini oshirishda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami va ularning oila a’zolariga doimiy e’tibor hamda g‘amho‘rlik ko‘rsatish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi «Asaka don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati misolida bu borada olib borilayotgan xayrli ishlarni yaqqol ko‘rish mumkin. Joriy yilda jamiyatda ishchi-xodimlar uchun bir qator qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ishchilar uchun yangi, zamonaviy yuvinish va dam olish xonalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari ma’muriyat va oshxona binosi zamonaviy tarzda ta’mirlanib va zamonaviy mebellar bilan jixozlandi. Buning natijasida esa, xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilandi.
Mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi sa’y harakatlar avvali sifatida qabul qilingan g‘allani yog‘ingarchilik va boshqa talofotlardan asrash sanaladi. Ayni shu maqsadda korxona hududida sig‘imi 20000 tonnaga teng bo‘lgan 3 ta yopiq omborlar va donni quritish uchun maxsus ochiq maydon qurildi. Bundan tashqari tegirmon va omuxta yem sexlari, tayyor mahsulotlar ombori to‘la ta’mirlandi.
Bugungi kunda korxonani yanada zamonaviylashtirish, ishchi-xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini hozirlash va davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida hissa qo‘shishga xizmat qilishni ta’minlash maqsadida jadal harakatlar olib borilmoqda.


Axborot xizmati.