Asosiy menu

Ish hajmi va mahsulot sifati oshmoqda

Non – barcha ne’mailar ichida eng aziz, eng ulug‘i. Shuning uchun bo‘lsa kerak, azaldan bug‘doy urug‘ini yerga qadashdan boshlab to dasturxonimiz ko‘rki – non shakliga keltirilgunga qadar bo‘lgan jarayonda zahmati singgan har insonning mehnati alohida qadrlanadi.
Buni bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi “G‘alla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyati misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Korxonada mavjud un ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tegirmon zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisini un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda korxonada un ishlab chiqarish to‘liq quvvatlarda olib borilmoqda. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni birja savdolari orqali sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Jamiyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yanada oshirish, aholi salomatligini yaxshilashda foydalanish maqsadida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Xalq manfaati va salomatligini ta’minlash yo‘lida bajarilayotgan bu kabi ezgu ishlar o‘zining ijobiy samarasini berishi, buning natijasida dasturxonimiz mazzali foydali mahsulotlar bilan yanada fayzli bo‘lishiga ishonamiz.


Axborot xizmati.