Asosiy menu

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Kompaniya tizimidagi korxonаlarda har tong bir ulug‘vor musiqa, qo‘shiq bilan boshlanadi. Bu – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasidir. Tili endigina chiqayotgan go‘dakdan tortib, nuroniy yoshli otaxon-onaxonlarimiz ham bu tantanavor sado jarang sochsa, beixtiyor qo‘lini ko‘ksiga qo‘yadi, yurt qo‘shig‘iga jo‘r bo‘ladi. 

Ha, madhiyamizda mamlakatimiz tarixi, madaniyati, yurtimiz qudrati, go‘zal tabiati, tabiiy boyliklari bilan faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘ularining eng oliy ko‘rinishlari aks etgan. Unda jamlangan har bir so‘z, har bitta ohang ona yurtimizni bor bo‘y-basti bilan ko‘z oldimizda namoyon etadi, sevishga o‘rgatadi.

Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.