“Mahalla obodligi – yurt farovonligi” umumxalq xayriya hashari

Hashar davomida korxonalarimiz hududlari, don qabul qilish maskanlari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib boriladi. Umumxalq xayriya hashari doirasida korxonalarimiz ishchilari yanada faol qo‘llab-quvvatlanadi.
Yurtimizda jadal sur’atda olib borilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha korxonalarimiz hududlarida gul ko‘chalari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash ishlari amalga oshiriladi.
Umumxalq xayriya hashari doirasida ishlab chiqarish sexlari va ma’muriy binolardagi ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlari olib boriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari korxonalarimiz ishchi xodimlarining ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.


Бошка Tadbirlar
- G‘alla yetishtirishdagi muhim agrotexnik tadbirlar davom etmoqda
- “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
- “O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi”
- Kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi
- G‘alladan bo‘shagan yerni ishsiz aholiga vaqtincha bergan fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinadi