Asosiy menu

«O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or xodimlardan bir guruhini «O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Istiqlol yillarida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz iqtisodiyotida munosib o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyozlar, mustahkam me'yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.

Mustaqillik yillarida sohaga kiritilgan xorijiy investitsiyalar investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratdi.

Yangi korxona va sexlarni ishga tushirish, mavjud quvvatlarni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlar samarasida ishlab chiqarish hajmi muttasil oshib bormoqda.

Tarmoqda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida bir nechta yangi korxona va sexlar foydalanishga topshiriladi.

Mazkur mukofotlar tarmoqda mehnat qilayotgan xodimlarimizga Prezidentimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonch va e'tibor namunasidir. Ushbu mukofot kompaniya xodimalrini yanada yuksak marralarni zabt etishga ilhomlantiradi.