Asosiy menu

Kooperatsiya aloqalarni kengaytirish Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda

Tizim korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan import hajmini kamaytirish maqsadida, ular bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarni kengaytirish, asosan har yili o‘tkaziladigan Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizda ish boshlagan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mamlakatimizning barcha tarmoqlari va yetakchi korxonalari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqarayotgan yoki o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar turlari hamda istiqbolli loyihalari bilan qatnashmoqda.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ochilishida ushbu tadbirlar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma'lumotlar berish, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, xorijiy kompaniyalarga ko‘plab yangiliklar taqdim etishga xizmat qilmoqda.
Ushbu X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida kompaniyamiz 2017 yil uchun 30,5 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzishni rejalashtirgan.

Matbuot markazi