Asosiy menu

Bozorni to‘kin qilayotgan dehqonlarga rahmat

Buxoro viloyatida ham Yangi yil bayrami arafasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan. Ularda fermer xo‘jaliklari, qayta ishlovchi korxonalar, agrofirmalar tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan turli oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.

– Bayram dasturxoniga xarid uchun shahar markaziy dehqon bozoriga bormoqchi bo‘lib turgandik, qo‘shnimiz o‘zimizning mahallada ham yarmarka tashkil etilgani, hamma narsani shu yerdan olishimiz mumkinligini aytib qoldi, – deydi Mavjuda Abdullayeva. – Ta’riflaganicha bor ekan. Mahsulotlar turi ko‘pligidan biror narsa xarid qilishga ham shoshib qolar ekansan. Savdo rastalari to‘kin va mahsulotlar arzon. Masalan, uzumning kilosi naviga qarab 1000 so‘mdan 2000 so‘mgacha. Sabzi 400 so‘m, go‘sht 18 ming so‘m. Qadoqlangan turli mahsulotlarni-ku, qo‘yavering. Mahsulotlar savdosi plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilayotir. Bozorni serob qilgan dehqonlarga katta rahmat. Aholiga shunday qulayliklar yaratilayotgani uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Qorako‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, shu kuni hudud fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan 24 tonna meva-sabzavot va 2 tonnaga yaqin go‘sht mahsulotlari savdoga chiqarilgan.

UzA