Asosiy menu

Ijro intizomi masalasida seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kompaniyaning 2017 yil 24 aprelda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish qarori ijrosini ta'minlash hamda tizimda ijro intizomi masalasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy yilning 6 may kuni “O‘zdonmahsulot” AKda tarkibdagi 44 ta korxonalarning nazorat bo‘yicha inspektorlari va huquqshunoslari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda kompaniya va tizim korxonalarida hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomiga rioya etilishi holati, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish va tahlil qilish faoliyati hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishi masalalari to‘g‘risida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida ko‘rgazmali chiqishlar bilan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tizimda ijro intizomini mustahkamlash, ijro intizomi ahvoli monitoringi bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarni to‘g‘ri yuritishni tashkil etish, ijro intizomini o‘z vaqtida va tizimli monitoring va nazorat qilib borish, kelgusida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Matbuot markazi.