Asosiy menu

Matbuot anjumani o‘tkaziladi

Joriy yilning 22 may kuni Milliy matbuot markazida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan “Tarmoqda investitsion loyihalarni amalga oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Mazkur kompaniya o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta'minlash bilan bir qatorda yuqori sifatli un navlari, yorma, omuxta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta'minlashni tashkil etishda uzining salmoqli hissasani qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek “O‘zdonmahsulot” AK da ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish evaziga mahsulot sifatini yanada oshirish hamda ish unumdorligini ta'minlash borasida yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. O‘tkazilishi rejalashtirilayotgan anjuman mobaynida kompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida ommaviy axborot vositalari xodimlariga keng ma'lumot berish rejalashtirilgan.


Matbuot markazi