Asosiy menu

Yangi tegirmon sexi ish boshlaydi

“O'zdonmahsulot” AK tarkibidagi “Toshkentdonmahsulot”, “Ohangarondon” va “G'alla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatlari Toshkent viloyatida joylashgan bo'lib viloyat aholisi dasturxonini sifatli non mahsulotlari bilan ta'minlashda o'zining hissasini qo'shib kelmoqda.
Joriy yilda Toshkent viloyatida 3 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Jumladan “Toshkentdonmahsulotlari” AJ tomonidan Bo'ka tumanida kunlik quvvati 5 tonnalik bo'lgan bug'doy yormasi ishlab chiqarish sexi, “Oxangaron don” AJga qarashli “Bekobod un zavodi” filialida kunlik quvvati 50 tonnalik tegirmon sexini modernizatsiyalash hamda “Oxangaron don” AJ tomonidan baliq, parranda va chorva mollari uchun sifatli (ekstruderlangan) ozuqa ishlab chiqaruvchi yem sexini tashkil qilib ishga tushirish ko'zda tutilgan.
Bugungi kunga kelib, Bekobod tumanidagi tegirmon sexida jadal ish olib borilmoqda. Mazkur sexni ishga tushirishda kerakli Texnologik uskunalarni sotib olish uchun Ukrainaning "Mogilev-Padolskiy" korxonasi bilan “O'zdonmahsulot” AK o'rtasida shartnoma imzolandi. Konsalting xulosalari olinib, loyiha oldi hujjatlari ishlab chiqilgan. "Agrobank" ATB tomonidan mazkur loyihani amalga oshirish uchun kredit mablag'i ajratilib, konvertatsiya qilish uchun maxsus xisob raqamga o'tkazib berilgan. Qayd etish lozimki, Bekobod tegirmon sexi loyihasi joriy yilning noyabr oyida ishga tushiriladi.

Axborot xizmati