Asosiy menu

Investitsion loyihalar ishlab chiqarish samaradorligini taminlaydi

“O'zdonmahsulot” AK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, yangi ish hrilarini yaratish, ish unumdorligini yanada yaxshilash, sohaga eng so'nggi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf etiladigan elekt energiyasi va vaqtni tejash evaziga yuqori ish unumdorligiga erishish maqsadida bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilda ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga asosan tizimda qiymati 23,26 mln.dollar ya'ni 82681,2 mln.so'mlik yana 10 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Jumladan, 6ta tegirmon sexlarini modernizatsiya qilish hamda 1ta yangi tegirmon sexi, 1ta yangi ekstrudirlangan omixta-yem ishlab chiqarish sexi, 1ta yangi bug'doy yormasi ishlab chiqarish sexi va 1ta yangi polipropilen qop ishlab chiqarish sexi qurib ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, “Oxangaron don”AJda ekstruderlangan omuxta yem sexi loyihasi joriy yilda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalardan biridir. Mazkur sex baliq, parranda va chorva mollari uchun ektruderlangan omuxta yem ishlab chiqarishga mo'ljallangan. 2017 yilning 3 choragida ishga tushishi rejalashtirilgan ushbu sexda hozirgi kunga qadar texnologik uskunalarni sotib olish uchun Rossiyaning "Sibirskoye kupechestvo" MCHJ bilan shartnoma tuzilib, tarmoq jadvali ishlab chiqildi. Omuxta yem sexi joriy yilning sentyabr to'liq ishga tushadi.

Axborot xizmati