Asosiy menu

Vodiyliklar g'ayrati

Namangan viloyatida mo'l-ko'l hosil olish, bug'doyni sifatli va o'z vaqtida yig'ib-terib xirmonga topshirish maqsadida yertayu kech mehnat qilgan dala zahmatkashlari bugun ko'zlagan maqsadlariga yetmoqdalar. Viloyat g'allakorlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun belgilangan don xirmonga topshirishga erishildi. Avval xabar berganimizdek, Andijon va Farg'ona viloyatida davlat ehtiyojlari uchun belgilangan don xirmonga topshirish rejasi bajarilgan edi. Aytish lozimki, vodiyliklarning shijoati yuqori. Endilikda ular sharnomaviy rejani ortig'i bilan bajarib, yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishga ahd qilishgan. Respublikkamizning barcha hududlarida ayni shu maqsad bilan mehnat qilayotgan g'allakorlarimizga omad va muvaffaqqiyat tilab qolamiz.

Axborot xizmati