Asosiy menu

XXR Raisining O‘zbekistonga davlat tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yil 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. 

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar muhokama etiladi. 

Tashrif dasturida Xitoy Raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlashi ham ko‘zda tutilgan. 

Tashrif yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo‘shma bayonotini qabul qilish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bitimlar va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. 
Manba: O`zA