"O`zdonmahsulot" AK

Sifati kafolatlangan mahsulotlar aholi talabini qondirmoqda

O‘zbek xalqi azal-azaldan nonni eng aziz ne’mat bilib, e’zozlaydi. Nafaqat non balki uni dasturxonimizda iste’molga tayyor holda hozir bo‘lguniga qadar bo‘lgan har bir jarayonda zahmati singgan insonlarning mehnatiga ehtirom o‘zgacha.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi «Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari» AJ jamoasi mana shunday va hurmat va e’zozga loyiq mehnati bilan xalqimiz dasturxoni to‘kinligiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
Jumladan, Jamiyatni polipropilen kop ishlab chiqarish sexi ishga tushirilgan ulkan loyihalar sirasidandir. Sexda 40 nafar xodim samarali ishlab kelmoqda. Sexning ishlab chiqarish quvvati oyiga 500000 dona yiliga 6 mln donani tashkil etadi. Loyiha yordamida 50 kg sig‘imga ega 105x55 sm o‘lchamli polipropilen qop ishlab chikaradi va unga Tayvan davlatining FOR DAH INDUSTRY CO, LTD. korxonasida ishlab chiqariladigan texnologik uskunalar o‘rnatilgan. Qoplar ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra 3 bosqichda tayyor xolga keltiriladi. Barcha texnologik jarayondan o‘tgan polipropilen qoplar FD-30 rusumli gidravlik press yordamida 100 donadan qadoqlanadi. Sexda ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxona ehtiyojiga xizmat qilish bilan bir qatorda ehtiyojga ko‘ra boshqa korxonalarga ham sotilmoqda.
«Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ishga tushirilib bugungi kunda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yana bir loyiha Turkiyaning «Alapala» kompaniyasi texnologiyalari asosida ishlovchi sutkasiga 300 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega tegirmon hamda sutkasiga 200 tonna quvvatiga ega bo‘lgan Germaniya davlatining «Petkus» texnologiyasiga asoslangan holda ishga tushirilgan urug‘lik sexidir. Mazkur loyihalar bugungi kunda jadal ish olib borib korxona rivojiga ijobiy hissa qo‘shib kelmoqda.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan bu kabi islohotlar g‘allakor dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan bug‘doyni qayta ishlab xalqmizni sifati kafolatlangan mahalliy un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.



Axborot xizmati.