"O`zdonmahsulot" AK

“O’zdonmahsulot” AKda yil yakunlari muhokama qilindi

2015 yil 28 yanvarda «O’zdonmahsulot» АКda o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishda kompaniya tarkibidagi korxonalarda 2014 yil yakunlari hamda
2015 yilda sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor vazifalari ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda kompaniya boshqaruvi raisi o’rinbosarlari, boshqarma va bo’lim boshliqlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, bosh muhandislari hamda bosh hisobchilari ishtirok etdilar.
Yig’ilganlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov boshchiligida joriy yilning 16 yanvarida Vazirlar Mahkamasida 2014 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalariga bag’ishlangan majlisida ko’rilgan masalalar bilan tanishtirildi.
 Shundan so’ng, sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Hisobot davrida tizim korxonalari tomonidan tarmoq oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda o’sish sur’ati 2014 yilga nisbatan 107,1 foizni tashkil etganligi ta’kidlandi.
Tarmoq korxonalarini modernizasiyalash va texnik qayta jihozlash ishlari bo’yicha tasdiqlangan Dastur asosida 14tа loyiha amalga oshiridi.
Yig’ilishda shuningdek, tarkibdagi korxonalar faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va 2015 yilda sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig’ilish so’ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muallif: Axborot xizmati