"O`zdonmahsulot" AK

Shovot tumanida yangi quvvat ishga tushiriladi

Oldin xabar berganimizdek, 2019 yilgi Investitsiya dasturiga asosan, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi «Shovotdonmahsulotlari» AJ tomonidan Xorazm viloyatining Shovot tumanida kunlik quvvati 150 tonnalik yangi tegirmon sexi barpo etilmoqda.
Loyihaga Turkiya davlatining «Erkan Makina» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar jalb etilgan.
Bugungi kunda korxonada qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Tegirmonni ishga tushirish va korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida jadal harakat olib borilmoqda.
–Korxonada loyihani ishga tushirilishi hisobiga elektr-energiyasi sarfini 20-25 foizgacha qisqartirish, ishlab chiqariladigan un mahsulotining sifatini oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitining yanada yaxshilash ko‘zda tutilmoqda – deydi jamiyatning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Bahrom Bekchanov. – korxonada sanoat xavfsizligi ta’minlanlash ham muhim masalalardan biridir. Yangi tegirmonning ishga tushirilishi ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar va favqulodda xolatlar oldini olishda ko‘maklashadi.





Axborot xizmati.