"O`zdonmahsulot" AK

Kollej va korxona hamkorligi

Joriy yilda sohaga biriktirilgan 16 ta kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirildi. 4293 nafar kollej bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha kompaniya tarkibidagi korxonalarda amaliyot o‘tishlari uchun biriktirildi. Biriktirilgan talabalarni amaliyotga to‘liq qatnashishlari uchun shart-sharoit yaratildi, ularni o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun har bir korxonada «amaliyot rahbari» lavozimi shtatlar jadvaliga kiritilib, ushbu lavozimga sohada ko‘p yillar davomida ishlagan, bilim va tajribaga ega bo‘lgan xodimlar tayinlandi. Ushbu xodimlarga kollej o‘quvchilari biriktirilib, «Ustoz-shogird» amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
 









Biriktirilgan kasb-hunar kollejlari va korxonalarda namunaviy o‘quv xonalari tashkil qilinib, ular tegishli o‘quv qurollari, sohaga oid darsliklar, texnologik xarita, sxema va laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi.
Joylardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda «bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka»lari o‘tkazildi.