Asosiy menu

Mazmunli dam - mehnatga hamdam

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi ishchi-xodimlariniig ishdan bo‘sh vaqglarini mazmunli tashkil etish maqsalida turli madaniy-ma'rifiy kechalar, san'atkor va ijodkorlar, soha faxriylari bilan uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinyapti.
Muhim sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ishchi-xodimlar uchun dasturxon yozilib, ilg‘orlar mehnati doimiy rag‘batlantirib borilyapti. Har yili belgilangan reja asosida yurtimizning qadimiy shaharlari, diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtiril- moqda.
Shuningdek, nafaqat ishchi-xodimlarning, balki ularning oila a'zolari, farzandlarining dam olishlarini namunali yo‘lga qo‘yish, salomatliklarini mustahkamlash bo‘yicha ham qator ishlar qilinyapti. Jumladan, birgina joriy yilgi ta'til davrida ishchi-xizmatchilar farzandlarini sog‘lomlashtirish uchun 97,3 million so‘mlik bepul yo‘llanmalar ajratilgan bo‘lsa, kompaniya tasarrufidagi «Gulnora» va «Bahora» yozgi dam olish oromgohlarida ko‘plab o‘g‘il-qizlar miriqib hordiq chiqarishdi.
Bundan tashqari, kompaniya tizimida homiylik ishlariga yetarlicha e'tibor qaratilmoqda. Sohada ko‘p yillar davomida mehnat qilgan ishchi-xizmatchilar, yordamga muhtoj oilalar, urush va mehnat faxriylari, nogironlar holidan xabar olinib, moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanyapti. Shu bilan birga, «Kamolot» YOIH Markaziy Kengashining tavsiyasiga asosan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 60 nafar chin yetim va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan talabalarning to‘lov-shartnoma mablag‘lari to‘lab berildi.
Ishchi-xodimlarning turmush darajasini yanada yaxshilash, o‘zi va oila a'zolari uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha ham ibratli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, yil boshidan buyon qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy loyihadagi turar-joylarni xarid qilish istagida bo‘lgan xodimlarning 60 nafariga bu borada amaliy yordam ko‘rsatildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan tizim korxonalarining 15 nafar xodimi «O‘zdonmahsulot a'lochisi» ko‘krak nishoni bilan takdirlandi. 100 nafardan ortiq xodimga faxriy yorliq va qimmat- baho sovg‘alar berildi. Shu bilan birga, 45 nafar mehnat faxriysi holidan xabar olinib, ularga ham bayram tuhfalari ulashildi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘p ming sonli jamoamiz vakillarini ijtimoiy, moddiy va ma'naviy jihatdan rag‘batlantirishga qaratilgan mazkur sa'y- harakatlar ularning mehnatga munosabatini o‘zgartirish, ish samaradorli- gini oshirish barobarida yurtimizda inson omili ustuvorligining amaliy natijasini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ubaydulla MELIKOV,
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi 
Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i