Asosiy menu

Ijro intizomi yanada mustahkamlandi

Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda ta’kidlanishicha, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Prezident qaror va topshiriqlari bo‘yicha test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda.
Hisob palatasi Prezident qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.
Qaror bilan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2018 yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlari xatlovdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
2019 yil 1 yanvarga qadar:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida “Jamoatfikri.uz” portali tashkil etiladi.
“Ijro.gov.uz” tizimida respublika va hududlar darajasida o‘tkaziladigan majlis va yig‘ilishlarning markazlashgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab:
• davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida ro‘yxatga olish tartibi hamda bunda hisob kartotekalarining qog‘oz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinadi;
• respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish, Prezident tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimiga o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko‘rsatilgan qaydlar kiritilganidan so‘ng amalga oshirilishi belgilandi;
• Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig‘ilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimida qayd etilmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.