Asosiy menu

Yangi tegirmon – yangi quvvat

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi «Shovotdonmahsulotlari» AJ tomonidan Xorazm viloyatining Shovot tumanida kunlik quvvati 150 tonnalik yangi tegirmon sexi barpo etildi.
Mazkur loyiha Turkiya davlatining «Erkan Makina» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinmoqda.
Loyihaning afzalligi shundan iboratki, uni ishga tushirilishi hisobiga elektr-energiyasi sarfi 20-25 foizgacha qisqaradi, ishlab chiqariladigan un mahsulotining sifati sezilarli darajada oshadi, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitining yanada yaxshilanishiga erishiladi. Eng muhim jihatlardan yana biri – korxonada sanoat xavfsizligi ta’minlanadi.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tegirmon loyihasi joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.


Axborot xizmati.