Asosiy menu

Jamiyat rivoji yo‘lida

Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan sanoat tarmoqlari va yurtimiz rivojiga muhim hissa qo‘shuvchi yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur loyihalar zamirida yeng avvalo xalq manfaati va farovon turmushini ta’minlashdek ezgu g‘oya mujassam. Shuningdek korxonalarda mehnat qilib kelayotgan ishchi xodimlar uchun ham bir qator qulayliklar yaratish, ularni mehnat sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoyalashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, "Xorazmdonmaxsulotlari" aksiyadorlik jamiyatida ishchi xodimlar dam olishlari uchun zamonaviy va milliylikni uyg‘unlashtirilgan holda barpo etilgan shinam yozgi va qishki ayvon foydalanishga topshirildi.
Qayd etish joizki, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ishchi xodimlarni sportga jalb etish maqsadida sport majmuasi ham tashkil etilgan bo‘lib bu ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga imkon yaratmoqda.
Korxona tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga har hafta zarur oziq-ovqat mahsulotlari berib boriladi. Shuningdek bayram kunlarida ishchi xodimlarning oilalariga bayram dasturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etib kelinmoqda. Bu kabi sa’y harakatlar korxonada ish unumdorligini ta’minlashga, mahsulot hajmi va sifati jihatidan aholi talabini qondirishga ko‘mak berib kelmoqda.



Axborot xizmati.