Asosiy menu

Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda

Mamlakatimizda xalq manfaatini ta’minlash, aholi turmush darajasini har tomonlama yuksaltirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda. Xalq roziligini olish, aholida hayotdan minnatdorlik kayfiyatini uyg‘otish maqsadida olib borilayotgan ishlarning ko‘lami kengayib bormoqda.
Ayniqsa, yoshlar masalasi, ularni ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilash hamisha dolzarb ahamiyat kasb etadi. “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda ham ayni masaladagi ishlar izchil tashkil qilinib kelinadi. Xususan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida kompaniya tarkibidagi korxonalarda muntazam ravishda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazib kelinadi.
Jumladan, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ joylarda tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Poytaxtimizning Yashnobod tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi va tumandagi Mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkalarida bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha majud ish o‘rinlariga mutaxassislar ishga olindi.
Shu bilan bir qatorda korxona vakillari bir qator Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan “Karera kunlari”da mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga bitiruvchilar taklif etildi. Mazkur tadbirlar Toshkent Moliya instituti, Toshkent Agrar universiteti hamda Toshkent Kimyo-texnologiyalari institutlarida bo‘lib o‘tdi. Yarmarkalar davomida bitiruvchi yoshlar korxona faoliyati va vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi barcha korxonalarda yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda.

Axborot xizmati.