Asosiy menu

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi

18 avgust kuni «O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik kompaniyasi ijro apparatida «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» shiori ostida hashar o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 649-f-sonli Farmoyishiga asosan tashkil etildi.
Tozalik va ozodalik, o‘zi istiqomat qiladigan, mehnat faoliyatini olib boradigan hududni hamisha pok saqlash, o‘zbek xalqiga xos odatlardan sanaladi. Xalqimiz tomonidan «Toza ozoda joyda baraka bo‘ladi» degan naql bejizga aytilmagan. Eng avvalo, inson qalbiga o‘zgacha ravshanlik ozoda joyda uyg‘onishini hech kim inkor etmaydi.
Tadbirda barcha xodimlar o‘z ishtiyoqi va shijoatini namoshish etdilar. Ayniqsa yoshlarning ushbu tadbirdagi faolligi jamoa etirofigi sabab bo‘ldi.
Axborot xizmati.