Asosiy menu

Xalq manfaati yo‘lidagi yirik loyihalar

“O‘zdonmahsulot” kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirish maqsadida, xorijdagi kompaniya va firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tejamkor texnologik uskunalar o‘rnatib kelinmoqda.
2013-2018 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarinimodernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “O‘zdonmahsulot” kompaniya uchun sermazmun yil bo‘lib, jami 80,9 mln.dollarlik 103 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Shundan 61 tasi yangi quvvatlar va 42 tasini modernizatsiyani tashkil etadi.
Buning hisobiga 47 ta non, 4 ta makaron, 2 ta yorma, 5 ta qandolot va 1 qop sexlari, 1 ta muzlatgichli ombor Rossiya, Germaniya, Ukraina, Koreya, Tayvan va Italiya davlatlarining zamonaviy texnologiyalari asosida yangidan qurilgan bo‘lsa, 21 ta tegirmon, 12 ta omuxta yem va 9 ta urug‘lik sexlari esa zamonaviy texnologik uskunalar asosida qayta jihozlandi.
Natijada, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib, sifati yanada yaxshilandi hamda 1402 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi. Loyihalarning modernizatsiya qilinishi hisobiga elektr energiya sarfi 15% gacha kamaydi.
Jumladan, o‘tgan 2017 yilda 5 ta tegirmon sexlarining modernizatsiya qilinishi hisobiga 1,9 mln. kV/soat elektr energiyasi tejalib, 361 mln.so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
Non va non mahsulotlari respublikamiz aholisining asosiy iste’mol tovarligini e’tiborga olib, yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha katta yutuqlarga erishildi. Respublikadagi yangi non sexlarini qurib ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Germaniyaning “Wachtel” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq zamonaviy texnologik liniyalar o‘rnatildi.
Natijada, non mahsulotlari sifati yanada yaxshilandi, non ishlab chiqarish hajmi va turlari o‘rtacha 3 martaga ko‘paydi va eng asosiysi aholini uzluksiz non va non mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.
Ushbu texnologiyalarning asosiy afzalliklaridan biri non pishirish jarayoni avtomatik ravishda past bosimli gaz yoqilg‘ida va maxsus nerjaveyka materialidan ishlangan non qoliplarida amalga oshiriladi.
2018 yilda umumiy qiymati 6,2 mln.dollar bo‘lgan 10 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bulardan 4 ta sholi, 1 ta non va 1 ta yem ishlab chiqarish sexlarini qurish hamda 3 ta omixta yem va 1 ta tegirmon sexlarini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida qiymati 4,4 mln.dollar bo‘lgan 4 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
Tizimda yangi texnologiyalarni joriy etish ishlarini samarali davom ettirish maqsadida 2019 yilda ham manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Unga asosan, umumiy qiymati 16,4 mln.dollar bo‘lgan 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Axborot xizmati.