Asosiy menu

Obod elda yashamoq zavqi







Barchamizga ma’lumki, yurtimiz kundan kunga chiroy ochib obod manzilga aylanib bormoqda. Mana shu obodlik va ozodalikni saqlash va unga hissa qo‘shish har bir insonnning burchi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 yanvardagi 41-F-sonli farmoyishi va «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining joriy yilning 24 yanvardagi 3-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida xayriya hashari o‘tkazildi. Barcha xodimlar mazkur hasharda uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi. «Mehnat qilgan elda aziz» deydi dono xalqimiz. Yurt obodligi yo‘lida qilingan mehnat o‘zining ijobiy natijasini yaqqol namoyon etadi.
Qayd etish joizki, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda ham xuddi shunday obodlik tadbiri o‘tkazildi.


Axborot xizmati.