Asosiy menu

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (327-son, 17.04.2019 y.)

Qaror bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi.

Filialning asosiy vazifasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda Filialni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida sholichilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar jahon andozalari asosida o‘tkaziladi.