Asosiy menu

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

O‘zbekistonning ekologik toza meva-sabzavotlari xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda

O‘zbekistonning ekologik toza meva-sabzavotlari xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda

I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ishtirokchilari Andijon, Buxoro, Samarqand, Jizzax va boshqa viloyatlarda bo‘lib, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish, aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni kengaytirish, fermerlik harakatini va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tub islohotlar samarasida mamlakatimiz tarixan qisqa davrda oziq-ovqat mustaqilligiga erishdi.

O‘rim qizg‘in davom etmoqda

O‘rim qizg‘in davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida g‘alla hosilini qisqa muddatlarda nest-nobud qilmay o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 6 ming 100 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish uchun 18 kombayn, 40 yuk mashinasi, 10 yoqilg‘i yetkazib beruvchi ko‘chma agregat va 11 ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi jalb etilgan. Yig‘ishtirib olingan hosil qabul qilish shoxobchalariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

“G‘alla – 2016” - PESHQADAMLAR MARRADA

“G‘alla – 2016” - PESHQADAMLAR MARRADA

Tabiatning bebaho ne’matlaridan biri g‘alladir. Dehqonlarimiz uni yetishtirish uchun qishning izg‘irinli, seryog‘in kunlarida ham, yozning jaziramasida ham shirin jonini ayamasdan ter to‘kadi. Mardu maydon bobodehqonlarimiz ayni kunlarda mehnatining samarasini yig‘ib-terib olishayotir. Ular bugun fermer degan zamonaviy nom bilan elimiz dasturxonini to‘kin qilishga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shishmoqda.

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilish

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilish

“O'zdonmahsulot” AK yakka aktsiyador qarorining 2016 yil 24 iyundagi qarori bilan kompaniyaya tomonidan 2016 yil 24 iyundan boshlab Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 2016 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.