Asosiy menu

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

Yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Yurtimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish evaziga aholi turmush darajasini oshirish hamda bandligini ta'minlash maqsadida ko‘plab yangi loyihalar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu borada “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2016 yilning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli qaroriga asosan “Navoiydonmahsulotlari” AJ tegirmoni Turkiyaning “Makinas enerji” kompaniyasi texnologiyasi asosida, “Buxorodonmahsulotlari” AJ tegirmoni “Alapala” kompaniyasi texnologiyasi asosida modernizatsiya qilindi.

Ko‘ngillardan boshlangan obodlik

Ko‘ngillardan boshlangan obodlik

Prezidentimizning joriy yil 19-fevraldagi “2016-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ushbu ayyom oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida ham qizg‘in davom etmoqda. Xalqimizga xos saranjom-sarishtalik, mehr-murvvat va sahovat belgisi hisoblangan mazkur tadbirda kompaniya xodimlari faol ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-martdagi farmoyishiga muvofiq hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning Navro‘z bayramiga tayyorgarligi ramzi hisoblanadi. Zero, obod va ko‘rkam maskanlardagi bayramning fayzi va shukuhi o‘zgacha bo‘ladi. Ayni paytda kompaniyamiz tasarrufidagi korxonalarning 17181 nafardan ziyod ishchi xizmatchilar hasharda ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, yangi daraxt va gul ko‘chatlari ekishga munosib hissa qo‘shmoqda. Kompaniya tizimida umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda.