Asosiy menu

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

Barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili

Barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili

Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va kelajakda rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi iqtisodiyotning nomoliyaviy sektoriga ichki mablag‘lar va chet el investitsiyalarini jalb etishga qodir samarali moliya bozorini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi sharoitda investitsiya va pay fondlari iqtisodiyotni moliyalashtirish manbalaridan biridir. Ular yordamida fond bozoriga mablag‘lar oqimi, jumladan, investitsiya jarayoniga aholi jamg‘armalarini jalb etish ko‘paymoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan va shu yilning 25-avgustida qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonun bu borada alohida ahamiyatga ega.

Islohotlar – farovonlik omili

Islohotlar – farovonlik omili

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Buni poytaxtimizning Sergeli tumani misolida ham ko‘rish mumkin. Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida ushbu maqsadlarga 3 milliard 221 million so‘m yo‘naltirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotir. – Xususiy sektorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi tuman hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev. – Joriy yil boshidan buyon tumanimizda 51 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmi 41 milliard 700 million so‘mni tashkil etdi. Soha vakillariga 22 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 milliard so‘mga ko‘pdir. Buning samarasida metall quyish, avtomobil moyini qadoqlash korxonalari va sog‘lomlashtirish markazi tashkil etildi. Chet el investitsiyalari jalb etilgan “Azamat servise group” korxonasida avtomobillar uchun antifrizlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, yodlangan tuz, qurilish materiallari va kimyoviy mahsulotlar, santexnika buyumlari va mebel ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning samarasida 1100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Bugungi harakat – ertangi barakot

Bugungi harakat – ertangi barakot

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2016-yil hosili uchun kuzgi don ekinlari ekishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari rahbar va mutaxassislari, fermerlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish mo‘l hosil olishning muhim omili ekani ta’kidlandi. Joriy yilda Namangan viloyatida 79 ming gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan. Bu ishlar uchun 19 ming 750 tonna urug‘lik, 3 ming 47 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari va 2 ming 660 tonna mineral o‘g‘it zarur bo‘ladi.

G‘alla ekish boshlandi

G‘alla ekish boshlandi

Bu yil g‘alladan ulkan xirmon ko‘targan Qoraqalpog‘iston Respublikasi dehqonlari kelgusi yil hosili uchun kuzgi bug‘doy ekish ishlarini boshlab yubordi. Joriy yilda Ellikqal’a tumanida 3 ming gektar maydondan shartnomada belgilangan 5 ming 530 tonna o‘rniga 6 ming 300 tonnalik ulkan xirmon uyildi. Kelgusi yili bundan-da mo‘l hosil olishni maqsad qilgan tuman mirishkorlari 3 ming gektar maydonning 1 ming 700 gektariga ochiq dalada, 1 ming 300 gektariga g‘o‘za qator oralarida bug‘doy ekishni rejalashtirgan. Shu munosabat bilan tumanning Aqchako‘l ovulidagi “Shonazar-Otanazar” fermer xo‘jaligi dalasida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar, ularga xizmat ko‘rsatuvchilar ishtirok etgan tadbirda yerni ekishga tayyorlash, urug‘ sepish, sug‘orish va oziqlantirish ishlarining me’yorida amalga oshirilishi o‘simlikni qishning sovug‘iga tayyorlash va bahorda tekis nihol olishning muhim omili ekani ta’kidlandi. – Bu yil asosan bug‘doyning iqlim sharoitimizga mos “Krasnodar-99” va “Zimnitsa” navlarini ekamiz, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi agronomi Olimboy Seytimbetov. – Ekish ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish niyatida tuzilgan 12 otryadga 124 yuqori unumli texnika biriktirildi. Kuzgi bug‘doy ekishni barcha agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda 25-sentabrga qadar tugallashni rejalashtirganmiz. Kelgusi yil hosili uchun bug‘doy ekish ishlari To‘rtko‘l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham boshlab yuborildi.

Savdo yarmarkalari tashkil etildi

Savdo yarmarkalari tashkil etildi

Savdo yarmarkalari tashkil etildi Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayrami oldidan aholi dasturxoni to‘kinligini ta'minlash maqsadida kompaniya korxonalari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etmoqda. Prezidentimizning 2015 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kompaniya boshqaruvi tomonidan ishchi xodimlarga bayramona kayfiyat yaratish uchun barcha korxonalarda yetishtirilgan mahsulotlarni orzonlashtirilgan narxlarda sotish uchun savdo yarmarkalari tashkil etildi. Yarmarkalar korxona xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirilgan. Bu yerda yordamchi xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari korxonalar xodimalri va aholiga arzon narxlarda sotilmoqda. Barcha savdo rastalari terminallar bilan ta'minlangan. Bundan xaridorlar ham, korxonalar ishchilari ham xursand. Aholiga, ayniqsa, don mahsulotlari korxonalari va uning xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan noz-ne'matlarni ularning o‘zlaridan arzon narxlarda sotib olish imkoniyati mavjudligi juda manzur bo‘lmoqda.

2015 yilning birinchi yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

2015 yilning birinchi yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 22 iyulda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida 2015 yilning birinchi yarim yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, bosh hisobchilari hamda urug‘ saralash sexlari boshliqlari qatnashdi. Majlis kun tartibida “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda 2015 yilning birinchi yarim yil yakunlari hamda ikkinchi yarim yillikda sohada amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Majlisda, mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvardagi respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustivor vazifalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta'minlash ishlarining natijalari har tomonlama ko‘rib chiqildi. Shuningdek, birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining, eksport hajmining o‘sishi va tashqi savdo aylanmaning ijobiy saldosi ta'minlanganligi, davlat byudjeti profitsit bilan ijro etilganligi va inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan ortiq bo‘lmaganligi; iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarining, chakana savdo aylanmasining va xizmatlarning o‘sishi ta'minlanganligi; aholini bandligi masalalarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar tufayli yangi ish o‘rnlari tashkil etilganligi; faol investitsiya siyosatini hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish, infratuzilmani rivojlantirish o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘sishi ta'minlanganligi, 2015 yilgi Investitsiya dasturi doirasida investitsiya loyihasi amalga oshirilganligi, ishlab chiqarish ob'yektlari foydalanishga topshirilganligi, mahalliylashtirilgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilganligi, investitsiya jarayonlarining faollashuvi pudrat qurilish ishlari hajmining o‘sishiga ko‘maklashganligi; g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi yakunlari tahlil qilinib, 2015 yilda mo‘l g‘alla yetishtirilganligi va yig‘ishtirib olinganligi ta'kidlandi. Hamda tarkibdagi korxonalar rahbarlari va mas'ul xodimlari zimmalariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Modernizatsiya samaralari

Modernizatsiya samaralari

Prezidentimiz rahnamoligida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun, degan ezgu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan bunday ulug‘vor ishlar samarasini Surxondaryo viloyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud sanoat korxonalarining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotgani texnologik jarayonlarni yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, mahalliy bozorni import o‘rnini bosadigan mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘layotir.