((ru:Новости АК "Уздонмахсулот"))((en:Company News))((uz:"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari))

((uz:Kooperatsiya aloqalari kengaymoqda))

((uz:Kooperatsiya aloqalari kengaymoqda))

Buxoroda o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida 250 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdamuhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur yarmarkaning nufuzi yildan-yilga oshib borayotgani ta’kidlandi.

((uz:Elektron savdo maydonchasi ishga tushirildi))

((uz:Elektron savdo maydonchasi ishga tushirildi))

Internetda www.agrosale.uz veb-sayti ish boshladi. Mazkur elektron savdo maydonchasi mamlakatimiz fermer xo‘jaliklari mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan. Poytaxtimizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni qo‘llab-quvvatlash» dasturi hamkorligida o‘tkazilgan anjuman mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarga bag‘ishlandi.

((uz:Veb-saytlar ommalashmoqda))

((uz:Veb-saytlar ommalashmoqda))

Poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyida davlat organlari rasmiy veb-saytlarini va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat organlari veb-saytlari va axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.

((uz:O'zbekistonda g'alla sifatiga yangi talablar tasdiqlandi))

((uz:O'zbekistonda g'alla sifatiga yangi talablar tasdiqlandi))

O'zbekistonda boshoqli o'simliklarning havfsizligi bo'yicha yangi tehnik reglament tasdiqlandi, deb habar bermoqda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi qaroriga iqtibos keltirgan holda Review.uz nashri.Havfsizlik talablari qattiq va yumshoq bug'doy, arpa, makka, tariq, javdar, suli, guruch, grechka, soga, tritikale (javdar va bug'doy gibridi), dukkakli o'simliklar – no'hat, yasmiq (chechevitsa), burchoq, mahalliy no'hat, loviya, mosh, bo'rilukkak, hashaki dukkakli o'simliklar, vika, shuningdek, moy olinadigan o'simliklar – kungaboqar, soya, mahsar, raps, g'o'za, zig'ir, yoryong'oq, kunjut, hantalga tegishlidir.

((uz:Yangi loyihalar amalga oshirilmoqda))

((uz:Yangi loyihalar amalga oshirilmoqda))

Yurtimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish evaziga aholi turmush darajasini oshirish hamda bandligini ta'minlash maqsadida ko‘plab yangi loyihalar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu borada “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2016 yilning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli qaroriga asosan “Navoiydonmahsulotlari” AJ tegirmoni Turkiyaning “Makinas enerji” kompaniyasi texnologiyasi asosida, “Buxorodonmahsulotlari” AJ tegirmoni “Alapala” kompaniyasi texnologiyasi asosida modernizatsiya qilindi.