Asosiy menu

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

“Lazzat non”ning xushta’m nonlari

“Lazzat non”ning xushta’m nonlari

Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Lazzat non” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tayyorlanayotgan non va non mahsulotlari sifati va xushta’mligi bilan aholiga manzur bo‘lmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada kuniga 1,5 tonna un qayta ishlanib, o‘n turdagi non va non mahsulotlari tayyorlanmoqda. – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida shaharu qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholi farovonligi tobora yuksalib borayotir, – deydi korxona rahbari Munisbek Shomurotov. – Asosan yoshlar mehnat qilayotgan korxonamiz mahsulotlarining bir qismi tegishli korxona va ijtimoiy muassasalarga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, qolgani bozorda sotilmoqda. Korxonada kelgusida mahsulot turini ko‘paytirish va qandolatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Navoiy viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Texnika vositalari – kombaynlar, traktor va tirkamalar, shuningdek, g‘alla qabul qilish shoxobchalari mavsumga tayyor holga keltirildi. Joylarda ko‘rgazmali-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rildi. – Viloyatda 1 ming 143 fermer xo‘jaligi g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, joriy yilda ular 100 ming tonnaga yaqin sara don topshirishni rejalashtirgan, – deydi Navoiy viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi dehqonchilik bo‘limi boshlig‘i Farrux Hamroyev. – 43 ming 400 gektar maydonda parvarishlanayotgan “Asr”, “Nota”, “Grom” va “Andijon-2” bug‘doy navlari hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga barcha kuch safarbar etilgan. Ayni paytda fermerlar hosildorlikni ko‘paytirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmoqda.

2015 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

2015 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 2 mayda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida 2015 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, bosh muhandislari, laboratoriya mudirlari hamda bosh hisobchilar qatnashdi. Majlis kun tartibida “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda 2015 yilning birinchi choragi yakunlari hamda birinchi yarim yillikda sohada amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi 2015 yil 24 apredagi 2-sonli bayoni va Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari kompleksining 2015 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan majlis bayoni qarorlari ijro bo'yicha tegilshi qarorlar qabul qilindi. Hamda tarkibdagi korxonalar rahbarlari va mas'ul xodimlari zimmalariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yordamchi xo’jaliklar faoliyati

Yordamchi xo’jaliklar faoliyati

Respublikada qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda munosib hissa qo’shish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ishchi-xizmatchilari va respublikamiz aholisini arzon va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida kompaniya tarkibidagi korxonalar qoshida 44ta yordamchi xo’jaliklar tashkil qilingan.

“Sog’lom bola yili” davlat dasturi ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar

“Sog’lom bola yili” davlat dasturi ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar

“Sog’lom bola yili” davlat dasturi hamda O’zbekiston Respublikasining “Aholi o’rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to’g’risida”gi qonuniga asosan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2014 yilda ishlab chiqarilgan birinchi navli un mahsulotlari to’liq fortifikasiya qilindi, ya’ni mineral-vitamin qo’shimchalari bilan boyitildi. Bundan tashqari, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’lomlashtirish, onalar va bolalarning ozuqalarini yaxshilash borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.